18:09 / 01.11.2015
2576

Somalidagi terakt qurbonlari soni 15 nafarga yetdi

"Ash-Shabob" jangarilari tomonidan Somali poytaxti Mogadisho shahridagi mehmonxonaga qilingan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda DPA axborot agentligi xabar bergan.

Oxirgi ma'lumotlarda qurbonlar soni 12 nafar bo‘lgani aytilgandi.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, 1 noyabrga o‘tar kechasi avvaliga "Sahafi" mehmonxonasi darvozasiga kelib urilgan mashina portlagan, darvoza ochilgach, jangarilar guruhi ichkariga bostirib kirishgan va o‘t ochishni boshlagan. Halok bo‘lganlar orasida mehmonxona xo‘jayini, mehmonxonada yashab turgan bir necha siyosatchi va maxsus xizmat vakillari bor. Shuningdek, 20 nafardan ortiq kishi jarohatlangan.

Politsiya vakili Abdi Hassanning ma'lum qilishicha, mehmonxonaga bostirib kirgan jangarilar guruhi 6 kishidan iborat. Ular Somali harbiylari libosida harakatlanishgan.

Top