09:40 / 01.11.2015
20395

Turli mamlakatlardagi tig‘iz vaqt

Sayohatga otlanar ekansiz, har ehtimolga qarshi yo‘l olayotgan mamlakatingizda tig‘iz vaqt qanday bo‘lishini bilib olishni unutmang. Mahalliy xususiyatlardan kelib chiqib, turli mamlakatlarda tig‘iz vaqt turlicha bo‘ladi, lekin ularning hammasini bitta narsa umumlashtirib turadi – odamlar va transport vositalarining ulkan oqimi.

Fototelegraf.ru ana shunday tig‘iz vaqt paytida olingan suratlarni e'tiboringizga havola etadi. 

 

Bangladesh poytaxti Dakkada tig‘iz vaqtda ko‘chalar turli ranglardagi rikshalarga to‘lib ketadi.

 

Hindistonning Chxattisgarx shtatida yirik shoxli qoramollar podasi ko‘pincha yo‘llarda tiqilinch paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.

 

Tokio metrosida tig‘iz vaqtda yo‘lovchilarni vagonlar ichiga surib kirgizuvchilar ishlashadi.

To‘lib ketgan metro vagoni eshiklarini yopish uchun bir nechta suruvchilar ter to‘kishlariga to‘g‘ri keladi.

Tig‘iz vaqtda hech kimning ijtimoiy mavqeiga qaralmaydi. Suruvchi qimmatbaho kiyim kiygan biznesmenni metro vagoniga surib kirgizmoqda.

Siyemreapdagi Angkor-Vat ibodatxona majmuasi yaqinida tig‘iz vaqtda to‘plangan velosipedlar, skuterlar va mototsikllar, Kamboja. 

 

Yo‘lovchilar oqimi London shimoli-sharqidagi «Kings-Kross» temir yo‘l stansiyaning chiqish eshiklari tomon harakatlanmoqda.

 

«Chatrapati Shivaji» temir yo‘l stansiyasida tig‘iz vaqtda ulkan olomon vujudga keladi.

 

Jaypurdagi transport oqimi, Hindiston. Gavjum ko‘chalar turli ranglardagi ko‘ylaklar va avtomobillar bilan burkanadi. 

 

Pokxar va Nayapul shaharlari orasidagi yo‘lda echkilar podasi doimiy ravishda tiqilinchni yuzaga keltirishadi, Nepal. 

 

Sayohat mavsumi avjiga chiqqanida Venetsiyadagi Grand-kanal gondola va katerlar bilan to‘lib-toshadi.

 

Kampaladagi taksi parki, Uganda. Minibuslar yo‘lovchilarni turli yo‘nalishlarga olib ketadi.

 

Pekindagi metro bekatida yo‘lovchilar tig‘iz vaqtda navbatda turishibdi.

 

Motosiklchilar Xyue shahridagi ko‘prik bo‘ylab harakatlanishmoqda, Vetnam. 

 

Bangalordagi ko‘cha, Hindiston. 

 

Katmandu ko‘chalaridagi tig‘iz vaqt. Ishchilar piyoda va avtomobillarda yurishadi.

 

Tig‘iz vaqt paytida San-Pauludagi «Barra Funda» metro bekatidagi yo‘lovchilar, Braziliya. 

 

Tonggi tig‘iz vaqtda Kalkuttaning «Xora» stansiyasidagi taksi, Hindiston.

Top