21:06 / 01.11.2015
3689

Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari: 2016 yildan 2020 yilgacha Xitoy iqtisodiyoti yiliga 6,5-7 foizga oshib boradi

Xitoy Kompartiyasi markaziy qo‘mitasining 5-plenumida Xitoy rahbariyati tomonidan 13-besh yillik rejasini (2016-2020 yillar) amalga oshirish davomida iqtisodiyotning 6,5-7 foiz atrofidagi o‘sishini ta'miinlash vazifasi qo‘yildi. Bu haqda Xitoy Davlat kengashi birinchi o‘rinbosari Chjan Gaoli “Xitoyni tushunish” 2-xalqaro anjumanida aytib o‘tdi.

“Bizning dastlabki hisob-kitoblarimizga ko‘ra, 2020 yilgacha yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning o‘rtacha yillik o‘sishi 6,5-7 foizni tashkil qiladi. Iqtisodiyotning bunday o‘sishi evaziga YaIMning umumiy hajmi 2000 yilga nisbatan 2 barobarga oshadi, aholi jon boshiga YaIM 10 ming dollardan ko‘proqni tashkil qiladi”, deb aytdi Chjan Gaoli.

2015 yilning 3 choragi bo‘yicha Xitoyda YaIM rekord darajadagi past ko‘rsatkich – 6,9 foizni tashkil qildi.

Top