09:46 / 02.11.2015
6434

"Al Qoida" jangarilarni Rossiya va G‘arb davlatlariga qarshi kurash uchun birlashishga chaqirdi

"Al Qoida" tashkiloti Yaqin Sharqdagi jangarilarga o‘zaro nizolarni bas qilib, tashqi kuchlarga qarshi kurash uchun birlashishni taklif qildi. Reyter nashri xabariga ko‘ra, "Al Qoida" rahbari Ayman al-Zaxaviri jangarilarni Rossiya, G‘arb davlatlari, Suriya va Eronga qarshi kurashish uchun birlashishga chaqirgan.

Ma'lum qilinishicha, uning murojaati tashkilotga tegishli saytlardan birida e'lon qilingan.

"Amerikaliklar, ruslar, eronliklar, alaviylar va "Hizbulloh" guruhi bizga qarshi janglar uchun birlashdi. Nahotki, biz ichki urushlarni to‘xtatib, ularga qarshi chiqa olmasak?", deydi al-Zaxavariy.

U asosiy nishon sifatida AQSh harbiylarini nazarda tutib o‘tgan.

Keyingi vaqtlarda mintaqada o‘zaro dushman kuchlar umumiy dushmanlarga qarshi turish uchun ziddiyatlarni to‘xtatishga qaror qilishmoqda. Biroz oldinroq, Suriya muxolifati boshqa jangari guruhlarni "Rossiya-Eron ittifoqi"ga qarshi birlashishga chaqirgandi.

Top