20:16 / 02.11.2015
3609

De Telegraaf: Blind van Persi uchun terma jamoa eshiklarini yopdi

Yevro-2016 saralashida muvaffaqiyatsizlikka uchragan Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Danni Blind bundan buyon hujumchi Robin van Persining xizmatlariga ehtiyoj bildirmaydi. U tarkibda jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirishni boshlagan.

De Telegraaf nashrida yozilishicha, Blind kelgusida 32 yoshli o‘yinchini terma jamoa tarkibiga jalb etish niyatida emas.

Robin van Persiga tegishli bo‘lgan sardorlik bog‘ichi Aren Robbenga topshirilgan.

Ma'lumot uchun, van Persi Gollandiya terma jamoasi tarkibida 101ta o‘yin o‘tkazgan va jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar (50ta gol) hisoblanadi.

32 yoshli van Persi ayni vaqtda "Fenerbahche" jamoasi a'zosi hisoblanadi. Biroz oldinroq, ushbu futbolchiga nisbatan "Barselona" jamoasidan qiziqishlar mavjudligi aytilgandi.

Top