“Yangi Ozarbayjon” partiyasi mamlakatda o‘tgan yakshanba amalga oshgan saylovlar natijalariga ko‘ra parlamentda 66ta o‘ringa ega bo‘lishi mumkin, deyiladi Mustaqil tadqiqotlar markazi ekzit-pollari taqdim etgan ma'lumotlarda.
Ilgariroq partiya raisining o‘rinbosari Ali Ahmedov “Yangi Ozarbayjon” o‘z hisob-kitoblariga ko‘ra 70ta deputatlik o‘rnini egallashga umid qilayotganini ta'kidlab o‘tgan edi.
Ozarbayjon parlamentida 125 o‘rin bo‘lib, saylovlar majoritar tizim bo‘yicha o‘tkaziladi.