21:57 / 02.11.2015
3401

Hayotni birgalikda qutqaramiz: «Sochnaya Dolina» savdo belgisidan xayriya aksiyasi

Bolalar – hayotimizdagi eng muhim mo‘'jizadir. Farzandlar tabassumi va kulgusi hayotimizni go‘yo quyosh kabi nurga to‘ldiradi, qalblarga quvonch baxsh etib, kunlarimizni kamalak ranglari bilan bezaydi. Mittivoylarning qip-qizil yanoqlarini tabassum tark etganida, borliq nursiz oq-qora kinoga aylanadi.
Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutiga murojaat etayotgan mitti bemorlar to‘g‘risidagi statistika afsuslar bo‘lsinki, insonni xavotirga soladi. 2014 yilda 121 000 ta bemor bolalar klinikaga murojaat etishgan. 758 nafar bola yurakning tug‘ma porogi tashxisi bilan kardioxirurgiya bo‘limiga joylashtirilgan. Asosiy muammo shundaki, yurakda o‘tkaziladigan operatsiyalar juda qimmat bo‘lib, hamma ota-onalarning ham bunday davolash usuliga qurbi yetmaydi. Aynan shuning uchun ham ko‘plab bolalarning hayoti xavf ostida qoladi.

Sok va sharbatlar ishlab chiqaruvchi «Sochnaya dolina» SB barchaga ana shunday bolalarga ko‘mak berish imkonini yaratadi. Yordamga muhtoj bo‘lganlarga qo‘l uzatishga hammamiz qodirmiz. «Sochnaya dolina» savdo belgisining xayriya aksiyasi 2015 yilning 1 noyabridan 30 noyabrigacha davom etadi. «Sochnaya dolina» SBning har bir quti sharbatidan tushgan mablag‘lar Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutida kam ta'minlangan oilalarning og‘ir kasal farzandlarida bo‘ladigan operatsiyalar uchun o‘tkazib beriladi.

Ko‘p hollarda insonlar shaxsan o‘zlariga tegishli bo‘lmagan muammolarga ko‘z yumadilar. Biroq bunday befarqlik ostida kimningdir hayoti yotibdi. Keling, «mening makonim yiroqda» prinsipi bo‘yicha yashamaylik, axir buning yo‘li juda oson. «Sochnaya dolina» sharbatining sotib olingan har bir qutisi qimmatbaho davo usuliga muhtoj bo‘lgan bolalarda qutqarilish va to‘laqonli hayot kechirish umidini uyg‘otadi. Shu yo‘l bilan biz yurak kasalligi mavjud bo‘lgan bolalarning bolalarga xos bo‘lmagan orzularini amalga oshirishga yordam beramiz: «onalar ko‘z yoshini ko‘rmaslik», «kasalxona haqida butkul unutish», «dorilarni tashlab yuborish», «yashash»… Bolalik – inson hayotining eng sehrli davri, u shubhasiz, baxtli bo‘lishi lozim. Keling, kasalxona palatasida uyg‘onish va ularni davolashlarini kutishga majbur bo‘lgan bolalarga yordam qo‘lini uzatamiz.

Yordam berish oson! «Sochnaya dolina» SB aksiyasida ishtirok etib, biz tushkunlika chek qo‘yish, bolalarning yuziga kulguni, ularning ota-onalari qalblariga esa baxtni qaytarishga yordam beramiz. HAYoTNI BIRGALIKDA QUTQARAMIZ!

Aktsiya yakunida tadbirning umumiy natijalari namoyish etiladi.

Mahsulot sertifikatlangan

Top