18:18 / 02.11.2015
6136

IShID Qozog‘istonda rasmiy ravishda terrorchilik tashkiloti deb tan olindi

Ostona sudi “Iroq va Shom islom davlati”ni rasmiy ravishda terrorchilik tashkiloti deb tan oldi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasining huquqiy statistika va maxsus hisobot qo‘mitasi saytida ma'lum qilingan.

Ma'lumot Qozog‘istonda terrorchilik xarakteriga ega tashkilot va harakatlar ro‘yxatiga kiritildi.

Ayni paytda, Qozog‘iston Respublikasida ana shunday xarakterga ega 7 tashkilot ro‘yxatga olingan bo‘lib, ular orasida “Al Qoida”, “Tolibon” harakati, “Musulmon birodarlari” va shunga o‘xshash bir qancha terrorchilik tashkilotlarini uchratish mumkin.

Qozog‘iston huquqiy statistika va maxsus hisobot qo‘mitasining ma'lumotiga ko‘ra, 2014 yilda “Iroq va Shom islom davlati” va “Abdulloh Shomil: Biz Islom davlatini qayta quramiz” kabi ekstremistik ruhdagi adabiyotlarni Qozog‘iston hududida chop etish, tarqatish qat'yan taqiqlangan edi.

Top