16:44 / 02.11.2015
2631

Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi bosh kotibi Toshkentga keldi

2 noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Italiya Respublikasining Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi bosh kotibi Mikele Valensizeni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Italiya munosabatlarini rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar, avvalo BMT va uning tuzilmalari doirasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni BMT Xafvsizlik kengashining 2017-2018 yillardagi doimiy bo‘lmagan a'zoligi uchun bo‘ladigan saylovlarda Italiya nomzodini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.

Savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni chuqurlashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Uchrashuvda ba'zi xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Shu kunning o‘zida Toshkent shahrida O‘zbekiston-Italiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarining beshinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqildi.

Qo‘shma tadbirlarda Italiya elchisi Rikkardo Manara ishtirok etdi.

Top