08:13 / 02.11.2015
3018

«Kogalmavia» Domodevo aeroportidan parvozlarni davom ettirmoqda

Samolyotlaridan biri Misrda halokatga uchragan «Kogalmavia» aviakompaniyasi Moskvadagi Domodevo aeroportidan parvozlarni amalga oshirishda davom etmoqda. Bu haqda TASS nashri xabar qilgan.

Moskvadagi aeroportdagilarning ma'lum qilishicha, ushbu aviakompaniya 1 noyabr kuni 3ta reysni amalga oshirgan.

1 noyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 16:01da A321 samolyoti Antalyaga uchgan (7K9213 reysi).

Bir necha soat o‘tib, aeroportga yana ikkita A321 samolyoti qo‘ngan, biri Antalyadan (7K9212 reysi), yana biri Xurgadadan (7K9212).

Ushbu aviatashuvchi ayni vaqtda 8ta samolyotga egalik qiladi, shundan 6tasi Airbus A321.

Eslatib o‘tamiz, 31 oktabr kuni Misr vaqti bilan 6:51 da (Toshkent vaqti bilan 9:51) Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegishli Sharm ash-Shayx — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha 9268 reysini amalga oshirayotgan Airbus-321 layneri parvozga ko‘tarilgandan 23 daqiqa o‘tib radarlar ekranidan yo‘qoldi. Mazkur samolyot bortida 217 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.

Top