11:13 / 02.11.2015
5321

OAV: Messi "el-klasiko" bahsida maydonga tushmasligi aniq bo‘ldi

"Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi 21 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan ”Real”ga qarshi Ispaniya chempionatining 12-tur uchrashuvida ishtirok eta olmaydi.

Sport.es portalining ma'lumotiga ko‘ra, argentinalik futbolchining tizza jarohatidan so‘ng tiklanish jarayoni kutilganidan sekinroq o‘tmoqda va Kataloniya klubi murabbiylar shtabi uning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymoqchi emas.

Ta'kidlanishicha, Messi hali ham yugurish mashqlarini boshlamagan va jismoniy tayyogarlik bo‘yicha mutaxassisning doimiy nazorati ostida bo‘lib turibdi.

Xabar qilinishicha, Messi kamida 3-4 haftadan so‘ng safga qaytadi.

Top