Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar qildi Oqo‘rda matbuot xizmati.
“Qozog‘iston xalqi mamlakatingizdan mustaqilligimiz va iqtisodiyotimizni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlayotganidan minnatdor. Bugun yurtimizda 500ga yaqin Amerika kapitali ishtirokidagi kompaniya faoliyat ko‘rsatmoqda”, - dedi o‘z so‘zida N.Nazarboyev.
Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston va AQShning yadroviy qurollanish va uning tarqalishi masalalari bo‘yicha olib borayotgan hamkorlikni eslab o‘tdi.