15:17 / 02.11.2015
14637

Xitoy AQShning operatsiyasiga qurollangan qiruvchilar bilan javob berdi

AQShning Janubiy Xitoy dengiziga dengiz kuchlarini yo‘llaganiga javoban XXR dengiz kuchlari mashg‘ulotlarini boshladi va ularning doirasida havoga qiruvchilarini ko‘tardi. Bu haqda Gongkongning South China Morning Post nashri xabar berdi.

Aytilishicha, o‘quvlar doirasida bu qiruvchilarning suratlari olinib, mudofaa harbiy dengiz flotining rasmiy saytida joylashtirildi. Ekspertlarning fikricha, Xitoyning bunday choralar ko‘rishidan maqsad AQSh kemasining Janubiy Xitoy dengizi akvatoriyasiga kirishi va u yerda patrul o‘rnatishiga noroziligini bildirishdir.

Gap shundaki, USS Lassen kemasi Xitoy ushbu dengizda yaratgan sun'iy orollar yaqiniga Pekinning ruxsatisiz kelib, bir necha kundan buyon turibdi. Bu rasman Xitoy va u bilan suv chegaralariga ega davlatlar o‘rtasidagi bahslarning alangalanmasligi kafolati sifatida ko‘rilsa ham, lekin XXR bunda o‘z suverenitetiga tahdid ko‘rmoqda.

Top