11:36 / 02.11.2015
5638

Xitoyda Boeing va Airbus samolyotlariga raqobat qiluvchi C919 samolyoti namoyish qilindi

Xitoyning o‘zida hukumat buyurtmasi bo‘yicha yaratilgan va ishlab chiqarilgan ilk yirik fyuzelyajli S919 yo‘lovchi samolyoti dushanba kuni Shanxayda (Sharqiy Xitoy) yig‘uv liniyasidan tushdi. Ushbu samolyotning ilk namunasi Shanxay shahrida taqdim qilindi. Bu haqda Assoshieyted Press xabar bergan.

Qayd etilishicha, bu layner yo‘lovchi tashuvchi samolyotlar bozorida Boeing va Airbus kompaniyalari mahsulotlari bilan jiddiy tarxda raqobat qilishi kutilmoqda.

Xabarda aytilishicha, Commercial Aircraft Corporation of China (COMAC) tomonidan o‘tkazilgan taqdimotda Xitoy hukumati tarkibidagi 4 ming nafarga yaqin amaldorlar ishtirok etishgan.

Samolyot 158 ta yo‘lovchi o‘rni va 4075 km uzoqlikka uchishga mo‘ljallangan. Xitoyning tijorat samolyotlari korporatsiyasi uning loyihasini yaratdi va ishlab chiqardi.

S919 2016 yilda ilk sinov parvozini amalga oshirishi rejalashtirilmoqda. Samolyot tijorat maqsadida foydalanishga topshirishdan oldin uch yillik sinovdan o‘tadi.

Kompaniya vakilining aytishicha, hozirdanoq bunday yangi samolyotlardan 517tasini xarid qilish bo‘yicha 21 xaridordan buyurtmalar kelib tushgan.

Ushbu samolyotlarni ishlab chiqarishni boshlash loyihasi ustidagi ishlar 2008 yilda boshlangandi. 

Top