22:45 / 03.11.2015
8498

AQSh prezidentliga nomzod it o‘z saylovoldi dasturini namoyish etdi

Border-kolli zotiga mansub Lyusi Lu laqabli itning egasi amerikalik ayol Bobbi Keyzer 2016 yilgi AQSh prezidentligiga bo‘ladigan saylovlarda nomzodini qo‘ygan o‘z itinining saylovoldi dasturi haqida gapirib berdi. Bu haqda The Huffington Post nashri xabar bermoqda.

“Mening javonimda skeletlar yo‘q. Balki bir nechta suyaklar bordir, ammo skelet yo‘q”, — dedi Lyusi Lu nomidan izoh berarkan Keyzer xonim.

Keyzer xonimning ma'lum qilishicha, Lyusi Lu hukumat vakilarining qisqarishi, soliqlarning kamaytirilishi va ruhan nosog‘lom fuqarolarning moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi tarafdori. Border-kolli, shuningdek, liberal emigratsiyani qo‘llab-quvvatlaydi va itlar va mushuklarning yoshi va jinsidan qat'i nazar oila qurishlarini istaydi.

It o‘z postini 2015 yilning 5 sentabrida tark etdi. Shundan so‘ng uning egasi prezident uchun xizmat qiladigan uy hayvonlari yetishtirish borasidagi rejasini ma'lum qildi.

Top