13:46 / 03.11.2015
3147

AQSh Rossiya va Xitoyga Trans-Tinch okeani hamkorligiga qo‘shilishni taklif qildi

AQSh Rossiya va XXRga Trans-Tinch okeani hamkorligiga qo‘shilishni taklif qildi. AQSh davlat kotibi Jon Kerrining Qozog‘istonga rasmiy tashrifi chog‘ida “Mir” telekanaliga bergan intervyusida aytilishicha, buning uchun ushbu mamlakatlar ochiq hamkorlikka tayyor bo‘lishlari lozim.

“Biz odamlarni turli tashabbuslarga qo‘shilishga taklif qilamiz, masalan, Trans-Tinch okeani hamkorligiga. Biz Xitoyni taklif qilamiz, Rossiyani taklif qilamiz, boshqa davlatlarni taklif qilamiz, agarda ular standartlarni ko‘tarishga va yuqori standartlarga ko‘ra yashashga, odamlarni himoya qilishga, ochiq, shaffof va mas'uliyatli hamkorlikka tayyor bo‘lsa”, - dedi Kerri.

Top