19:16 / 03.11.2015
2720

Bishkekka mahalliy propiskaga ega bo‘lmagan avtomobil egalariga kirish taqiqlanadi

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri IIBB Yo‘l-patrul xizmati shahar kengeshiga shahar ichidagi transport harakatiga cheklovlar joriy qilish borasidagi taklifni kiritdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda.

Xizmat rahbari Zumrad Janabayevaning so‘zlariga qaraganda, bu shahardagi transport oqimini kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi.

“Har kuni Bishkekka 70 ming atrofida shahar ichida ro‘yxatga olinmagan mashina kiradi. Biz ishlab chiqishni taklif qilgan hujjat poytaxtning barcha mehmonlari shahar chetiga mashinalarini qo‘yib, Bishkekda jamoat transportida yurishini ko‘zda tutadi”, - tushuntirdi u.

Poytaxtda yashaydigan, ammo u yerda propiskaga ega bo‘lmagan avtomobil egalari esa ulovlarini Yo‘l-patrul xizmatida ro‘yxatga qo‘ydirishi talab qilinadi. Ammo bu jarayonlar mashina egalariga necha pulga tushishi borasida aniq ma'lumot berilmadi.
“Biz fuqarolarning mamlakat bo‘ylab harakatlanishday konstitutsion huquqlarini buzmayapmiz, shunchaki poytaxtda transport harakatini biroz erkinligini yo‘qotadigan metodlarni taklif qilmoqdamiz, - ta'kidladi Janabayeva. – Bu rivojlangan mamlakatlarda ko‘p uchraydigan amaliyotdir. Bu shaharda mashinalar sonini kamaytirishga yordam beradi”.

Ayni paytda Bishkekda 400 mingdan ortiq avtomobil ro‘yxatdan o‘tgan.

Top