22:22 / 03.11.2015
2903

Eron AQSh fuqaroligiga ega livanlikni josuslikda ayblab hibsga oldi

Eron hukumati AQSh va Livan fuqaroligiga ega bo‘lgan erkakni hibsga oldi, deb xabar bermoqda IRIB telekanaliga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan erkak josuslikda ayblanmoqda. Xabarda erkakning “AQSh razvedkasi va harbiy rahbariyati bilan yaqin aloqalari borligi” aytilmoqda.

Manba erkakning ismi Nizar Zakka va axborot texnologiyalari sohasida ishlashini ma'lum qildi. Aynan shu odam 18 sentabrda Tehronda o‘tgan anjumandagi ishtirokidan keyin yo‘qolib qolgan.

Avvalroq Eron sudi The Washington Post gazetasining jurnalisti Jyeyson Rezayanni josuslik bo‘yicha jazolagandi. Qayd etilishicha, Rezayan Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga yaqin odamlardan biri bilan hamkorlik qilgan. Eronlik siyosatchining aytishicha, AQShlik jurnalist shu tariqa maxfiy axborotga kirish imkoniga ega bo‘lgan.

Top