17:03 / 03.11.2015
2020

Guardian: Turkiya politsiyasi Erdo‘g‘an siyosatiga qarshi bo‘lgan 35 kishini hibsga oldi

Turkiya politsiyasi Rajab Toyib Erdo‘g‘anning asosiy tanqidchilaridan biri bo‘lgan diniy arbob Fathulloh Gulenning 35 nafar tarafdorini qo‘lga oldi, deb xabar beradi The Guardian nashri.

Seshanba kuni o‘tkazilgan reydlar birinchi galda Gulenni qo‘llab-quvvatlovchi politsiyachilar va siyosatchilarga qarshi qaratilgan edi. Ayni paytda AQShda turgan Gulenning o‘zi Turkiya sudi tomonidan amaldagi hokimiyatni ag‘darishga harakat qilganlikda aybdor deb topilgan.

O‘tgan hafta bir nechta yirik OAVning faoliyatini boshqaruvchi kompaniya reyderlik yo‘li bilan qo‘l ostiga olingan edi. Erdo‘g‘an ma'muriyati kompaniyaning Gulenga aloqadorligini gumon qilmoqda.
Turkiya rasmiylari o‘tkazilayotgan tadbirlarni moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash ehtiyojlari bilan tushuntirishga harakat qilayotganiga qaramay, ekspertlar bunda birinchi navbatda Erdo‘g‘anning raqiblarini yo‘qotishga bo‘lgan intilishni ko‘rmoqda.

Top