12:18 / 03.11.2015
1847

Kapello "Nyu-York Siti"ga yangi bosh murabbiy sifatida tayinlanishi mumkin

"Nyu-York Siti" jamoasi mavsumdagi muvaffaqiyatsizlik tufayli bosh murabbiy Jyeyson Kreysni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda jamoaning rasmiy sayti xabar tarqatgan.

Qayd etish kerakki, jamoa MLS da Sharqiy zonadagi 10 jamoa ichida 8-o‘rinni egalladi va pley-offga o‘ta olmadi. Jamoada Andrey Pirlo, Frenk Lempard va David Vilya kabi tajribalarni o‘z tarkibida jamlaganiga qaramasdan, yaxshi natija ko‘rsata olmasligi rahbariyatni islohotga chorlagan.

Xabarlarda aytilishicha, uning o‘rniga hozirda ishsiz yurgan tajribali murabbiylardan biri, italiyalik mutaxassis Fabio Kapello taklif etilishi mumkin.

Biroz oldinroq, Rossiya terma jamoasidan bo‘shatilganidan keyin ishsiz qolgan Kapello "Chelsi"da Mourinoning o‘rnini egallamoqchiligi haqida xabar qilingandi.

Top