10:48 / 03.11.2015
2437

Karlo Anchelotti: APL ajoyib liga, lekin "Chelsi"ga qaytmoqchimasman

Karlo Anchelotti «Chelsi»ga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad qildi va Italiya chempionatidagi chempionlik poygasi bo‘yicha o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Futbolda murabbiy har qanday joyda ishlashga tayyor bo‘lishi kerak. Menga Premer-liga yoqadi, ammo qayerda bo‘lsa ham ishlashga tayyorman. "Chelsi" yoki "Bavariya"? Hozircha bu gaplar faqat mish-mish. Bundan boshqasi emas. Mourino qiyinchiliklarga duch keldi, ammo klub rahbariyati uni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. To‘g‘ri ham qildi.

Gvardiola esa "Bavariya"da hech qanday muammoga duch kelayotgani yo‘q va nimanidir o‘zgartirishdan ma'no ham yo‘q.

"Chelsi"ga qaytishni istarmidim? Bu "kosa tagidagi nimkosa" qabilida berilgan savol. "Chelsi"ning o‘z murabbiyi bor», — deydi Anchelotti.

Anchelotti londonliklarni 2009-2011 yillar davomida boshqargan.

Top