14:30 / 03.11.2015
3123

Nukusda millionlab pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan firibgar qo‘lga olindi

Nukusda millionlab pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, fuqaro Amin Iskanderov turli yo‘llar bilan odamlarning ishonchiga kirib, ulardan pullarni olgan va shu bilan qaytarib bermay, ularning hayotidan “yo‘qolish”ga intilgan. Jumladan, A. Karamatdinovning ishonchiga kirib, undan 81 mln so‘mni olgan, bu pullarning kattagina qismini qaytarib bermagan. A. Niyetullayevadan 10 ming dollar olib, qaytarib bermagan. Bundan tashqari, u yana bir qancha insonlarning kichikroq miqdordagi pullarini o‘zlashtirgan.
Firibgar qo‘llagan sxema juda sodda: badavlat insonlarning ishonchiga kirish, so‘ng ularning “pulli” iltimoslarini bajarish, masalan, bir shahardan boshqasiga valyuta yoki katta miqdordagi pulni yetkazib berish. Mana shu pallada qo‘lga kattaroq pul kelib tushganida ushbu mablag‘ni o‘zlashtirish.
Ko‘plab jabrlangan insonlarning tegishli joylarga yo‘llagan arizasi asosida Iskanderov qo‘lga olindi. O‘tkazilgan tergov jarayonida uning ko‘pchilik jinoyatlari fosh etildi. Natijada u barcha o‘zlashtirilgan pullarni egalariga qaytaradigan bo‘ldi.

Top