AQShning infraqizil diapazonda ishlaydigan sun'iy yo‘ldoshi Rossiyaga tegishli A321 aerobusining halokati chog‘ida Sinay yaqinida issiqlik uchqunlarini qayd qilgan. Bu haqda CBS telekanali xabar qildi.
“Ma'lumotlar tahlildan o‘tkazilmoqda, buning sabablarini tushunishga harakat qilmoqdamiz. Sabablardan biri bomba bo‘lishi mumkin, ammo bu holatni yoqilg‘i bakining portlashi ham keltirib chiqarishi mumkin edi”, - deyiladi kanal saytida joylashtirilgan matnda.