20:06 / 03.11.2015
4959

Olmazorda abort uchun mijozdan 300 dollar olgan shifokor hibsga olindi

Toshkentning Olmazor tumanida abort uchun mijozdan 300 dollar olgan shifokor hibsga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, fuqaro Marina Malenko ikkinchi bolasiga homilador bo‘lgan paytda eri qamalib ketgan. Shu bois u dugonasi Elmiraga murojaat qilib, homilani oldirish uchun yaxshi ginekolog topishni so‘ragan.

Elmira shifokor Farida Burxanovaga murojaat qilganida dastlab u homilaning 12-13 haftalik ekani, shu bois uni oldirish xavfli ekanligini aytgan, ammo Elmiradan 300 dollar olib, fikrini o‘zgartirgan va hujjatlarga o‘zgartirish kiritgan.

Operatsiyadan oldin u Elmiraga yana murojaat qilib, dori-darmon uchun qo‘shimcha ravishda yana 200 ming so‘m so‘ragan. Bu pullarni olayotganida shifokor o‘z kabinetida qo‘lga olindi.
Sud tomonidan Farida Burxanova jarima hamda shikoforlik faoliyati bilan bir yil mobaynida shug‘ullanish huquqidan mahrum qilishga hukm qilindi.

Top