09:58 / 03.11.2015
2669

Pan Gi Mun: har besh kunda bir nafar jurnalist halok bo‘lgan

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun birinchi Xalqaro jurnalistlarga qarshi jinoyatlar uchun jazosiz qolishni tugatish kuni munosabati bilan qilgan chiqishida o‘z burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlarini yodga oldi.

“So‘nggi o‘n yilda 700 nafar jurnalist, aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, har besh kunda bir nafar jurnalist o‘z kasbini bajarish chog‘ida, odamlarga kerakli xabarlarni tarqatish paytida halok bo‘ladi”, - dedi BMT Bosh kotibi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aksari jurnalistlar nizolar paytida halok bo‘ladi. Shu bilan birga, ko‘pchiliklari zo‘ravonlik asosida gapirmaslikka majbur qilinadi.

“Mana shunday jinoyatlarning 7 foizigina ochiladi, ya'ni har o‘nta jinoyatdan bittasigina oxiriga qadar surishtiriladi”, - dedi Pan Gi Mun.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jazosiz qolayotgan jinoyatlar jurnalistlarni qo‘rqitmoqda va ularni o‘z-o‘ziga senzura qo‘llashiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois axborotlarni erkin aylanishini ta'minlash maqsadida jurnalistlar hayoti va faoliyatini to‘laqonli himoya etish, ularni yanada qo‘llab-quvvatlash zarur.

Top