10:04 / 03.11.2015
4761

Pentagon: AQSh floti Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli hududda patrullik qilishda davom etadi

AQSh floti kemalari Pekin e'tirozlariga qaramasdan, Janubiy Xitoy dengizida XXR da'vogarlik qilayotgan orollar yaqinidagi bahsli hududda muntazam ravishda patrullik qiladi. Bu haqda Pentagon vakili jurnalistlarga ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, patrullik bahsli orollardan 12 dengiz mili (22 km dan oshiqroq) uzoqlikda olib boriladi. “Biz bu ishni bir chorakda ikki marta yoki bundan tezroq qilishimiz mumkin”, - dedi Reuters agentligiga amerikalik harbiy.
Avvalroq Oq uy vakili Ben Rods Vashingtondagi konferensiyada so‘zga chiqib, AQSh Xitoy e'tirozlariga qaramasdan Janubiy Xitoy dengizida kelgusida ham faoliyat olib borishini ma'lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bir hafta muqaddam AQSh flotining "Lassen" raketa esminetsi Janubiy Xitoy dengizidagi Xitoy o‘zining suv hududi deya da'vogarlik qiladigan Subi arxipelagining Spratli (Nansha) rif orolidan 12 millik uzoqlikdan suzib o‘tgan edi. Bunga javoban Xitoy TIV AQShning XXRdagi elchisi Maks Bokusni chaqirib, o‘z e'tirozlarini bildirgan.

Top