17:44 / 03.11.2015
5077

Qirg‘izistonlik inson savdosi qurboni Qozog‘istondagi qulligi haqida hikoya qilib berdi

7 yil mobaynida Qozog‘istonda qullikda saqlangan qirg‘izistonlik ayol o‘zining achchiq hayoti haqida gapirib berdi. Intervyu Bishkek shahrida Tengrinews.kz muxbiri tomonidan olindi.

O‘sh viloyatining Aravon tumanida tug‘ilgan 33 yoshli Baqtigul Koshonova Qozog‘istonning Olma-Ota viloyatida 7 yil mobaynida qullikda tutilgan. Qirg‘izistonlik ayollar ehtiyot bo‘lishi uchun u o‘z tarixini oshkor qilishga qaror berdi.
“Vatanimga qaytganimga bir oy bo‘ldi, haligacha bunga ishongim kelmaydi”, - tan oldi ayol.
Aytilishicha, u 7 yil muqaddam Bishkekda Qozog‘istonda ishlash uchun xodimalar to‘planayotgani haqidagi xabarni eshitgan. To‘plangan 17 kishilik guruhni Jo‘ldosh ismli kishi Qozog‘istonga eltib, pasportlarini olib qo‘ygan. O‘sha paytda ayolning qo‘lida 1 yashar bolasi ham bo‘lgan.

Baqtigul poda boqqan. Unga alohida xona ajritilmagani bois u juda qiynalgan. Bir oydan so‘ng u bekasiga uchrab, maosh so‘raganida, u Baqtigulning ustidan kulib, qul sifatida sotib olganini ta'kidlagan.
U 7 yillik azoblardan so‘ng qochib ketishga muvaffaq bo‘lib, Olma-Ota shahrida Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vazirligiga murojaat qilishga muvaffaq bo‘lgan. U orqali haqida esa ayol haqida Qirg‘izistonning bosh konsulligi ma'lumot to‘plab, uni Qirg‘izistonga qaytargan.

Lekin o‘z vatanida ham Koshonova muammolarga duch keldi. Eri bilan allaqachonlar ajrashgan, qarindoshlarining deyarli barchasi esa Rossiyada edi. Hozir u qiyin vaziyatda qolib ketgan ayollar uchun tashkil qilingan uyda istiqomat qilmoqda.
“O‘g‘lim har kuni qachon maktabga borishini so‘raydi, - so‘zlarini yakunladi ayol. – Bu savol men uchun juda qiyindir. Bizda uy, pul, hujjat, hech narsa yo‘q. Boshpana berganlariga rahmat. Agar menga hujjatlarni berishganida, ish topgan bo‘lardim”.

Top