23:07 / 03.11.2015
4619

Texaslik erkak taom bo‘lagi deb o‘z do‘stini o‘ldirib qo‘ydi

Texasda yashovchi Rinaldo Kardoso Rivera tovuq bo‘lagi deb o‘z do‘sti Darvin Peres Gonsalesni o‘ldirib qo‘yganini tan olib, politsiyaga murojaat etdi, deb yozmoqda The Inquisitr.

38 yoshli River va uning to‘rt do‘sti Xyuston tumanidagi uylarida birgalikda taom yeyish uchun to‘planishdi. 34 yoshli Gonsales River o‘zi uchun olib qolgan tovuq bo‘lagini paqqos tushirib qo‘ygach, davradagi vaziyat tubdan o‘zgarib ketdi va o‘rtada janjal ko‘tarildi.

Mushtlashuv xonadon yaqinidagi maydonchada davom etdi. Nashrning yozishicha, olishuv vaqtida Rivera yonidan pichoq chiqargan va do‘stini pichoqlab qo‘ygan. Politsiya hisobotida, u marhumga necha bora pichoq urgani xususida to‘xtalinmagan.

Top