08:49 / 03.11.2015
1991

Volkswagen kompaniyasi V6 turbodizellari uchun ma'lumotlarni noto‘g‘ri ko‘rsatuvchi dasturiy ta'minot haqidagi xabarlarni inkor etdi

Volkswagen avtokonsernida AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (EPA) tadqiqotining chop etilgan natijalariga javob berildi. EPA ma'lumotlariga ko‘ra, Volkswagen kompaniyasi V6 (olti silindrli) turbodizel dvigatellariga ega avtomobillar uchun zararli chiqindilar bo‘yicha natijalarni kamaytirib ko‘rsatgan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Kompaniyada ma'lum qilinishicha, 3 litrli dizel dvigatellarga “chiqindilar ko‘rsatkichini noqonuniy yo‘l bilan o‘zgartira oladigan” hech qanday dasturiy ta'minot o‘rnatilmagan.

Bunday dvigatellar konsernning turli brendlarining qimmatbaho avtomobillari, jumladan 2014-2016 model yillarining VW Touareg, Porsche Cayenne, Audi A6, A7, A8 va Q5 mashinalarida ishlatilgan.

Ta'kidlanishicha, shunday ma'lumotlar 4 silindrli dvigatellar bo‘yicha tergov o‘tkazilgan vaqtda kompaniya tomonidan berilgan.

Avvalroq EPA Volkswagen’ning Audi va Porsche avtomobillari sinovlar natijalarini qalbakilashtirishini fosh qilgan edi.

Top