12:14 / 04.11.2015
4475

Antonov: IShID tarkibida 25-30 ming chet ellik bor

Ayni kunlarda Suriya va Iroqning bir qismini egallab olgan IShID jangarilari saflarida 25-30 ming nafar xorijlik bor. Bu haqda 4 noyabr kuni ASeAN davlatlari mudofaa vazirlari kengashida Rossiya harbiy idorasi rahbari o‘rinbosari Anatoliy Antonov bayonot berdi.

“Agar ular uylariga qaytsa, bizning mamlakatlarimizda radikal g‘oyalarni targ‘ib qilishadi va diversiyalar tashkilotchilariga aylanishlari mumkin”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Shu bois, Antonovning fikricha, bu jangarilarning uylariga qaytmasligini ta'minlash birinchi darajali masaladir.

Top