21:40 / 04.11.2015
2479

Arsen Venger: Gvardiola o‘z vaqtida "Arsenal"da o‘ynashni istagandi

“Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger Chempionlar ligasining 4-turidan o‘rin olgan “Bavariya”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

U o‘z so‘zida "Bavariya"ning hozirgi murabbiyi Xosep Gvardiola futbolchilik davrida o‘zi boshqarayotgan "Arsenal" tarkibida o‘ynash istagini bildirgani haqida eslab o‘tgan.

"U "Arsenal"da mening qo‘lim ostida o‘ynashni istagandi. Lekin bu vaqtda (2001 yil) u 30 yoshdan oshgandi. Menda esa uning ampluasida harakat qiladigan Patrik Viyeyra va Emmanuel Peti kabi yosh futbolchilardan foydalanish imkoni mavjud edi. Shuning uchun uni jamoaga taklif etmaganman va u Italiyaga yo‘l olgan", deydi Venger.

Ma'lumot uchun, 1971 yilda tug‘ilgan Xosep Gvardiola 1990 yildan 2001 yilgacha "Barselona" safida o‘ynagan, keyinchalik "Breshiya", "Roma", "Al-Ahli" va "Dorados" kabi jamoalarda faoliyatini davom ettirgan.

Top