23:02 / 04.11.2015
2574

Britaniya kompaniyasi Qozog‘istondagi gaz-turbina stansiyalari qurilishiga 3,1 mlrd dollar ajratadi

Buyuk Britaniya elektr stansiyalarining yetakchi operatori Independent Power Corporation PLC Qozog‘istonda 4 ta gaz-turbina stansiyasi qurilishiga 3,1 mlrd dollar ajratadi. Bu haqda 4 noyabrda Qozog‘istonning “KazTransGaz” kompaniyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Tegishli memorandum kompaniyalar o‘rtasida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Londonga tashrifi davomida imzolangan. “Hujjatga ko‘ra, britaniyalik hamkorlar Ostona, Qarag‘anda, Temirtau va Jyezqazg‘andagi har birining quvvati 400 MVtni tashkil qiladigan 4 ta gaz-turbina elektr strantsiyasi qurilishini moliyalashtiradi”, deb aytilmoqda xabarda.

Top