18:23 / 04.11.2015
14810

Futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionati uchun 1,5 millionta futbolka O‘zbekistonda ishlab chiqariladi

Rossiyada 2018 yilda futbol bo‘yicha o‘tkaziladigan jahon chempionati ijroiya qo‘mitasi “2018 FIFA world cup Russia" belgisi (emblema) tushirilgan 1,5 millionga yaqin futbolkani O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatuvchi tekstil fabrikalaridan biriga buyurtma berishi mumkin. Bu haqda Kun.uz mobil muxbiri Begzod Baxtiyorov ma'lum qildi.

Hozirda rossiyaliklar O‘zbekistondagi sifat, narx-navo hamda ishchi kuchlarini o‘rganmoqda.

Shu bilan birga, ular Qirg‘iziston va xitoyliklar bilan ham muzokaralar olib borishgan. Agar ular o‘zbekistonliklar bilan kelishsa, 2017 yilning fevralidan ish boshlashini ma'lum qilishdi. Ish boshlanganidan to yakunlangunga qadar, ijroiya qo‘mitasi vakillari sifat bo‘yicha doimiy nazoratni olib borishadi.

Ushbu xabar hozircha o‘z rasmiy tasdig‘ini topgani yo‘q.

Top