IShIDning Misrdagi bo‘limi bugun Shimoliy Sinay viloyatidagi El-Arish shahrida amalga oshirilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Jangarilar bu terakt xudkush-jangari tomonidan amalga oshirilgani haqida e'lon qilishgan.
Qayd etish kerakki, El-Arish shahri 31 oktabr kuni A321 samolyoti qulab tushgan hudud yaqinida joylashgan.
Biroz oldinroq, El-Arishdagi terakt tufayli 5 kishi halok bo‘lgani haqida xabar qilingandi.