21:58 / 04.11.2015
4239

Janubiy Sudanda qulab tushgan An-12 samolyotida bo‘lganlardan faqat bir chaqaloq tirik qoldi

Janubiy Sudanda ro‘y bergan aviahalokat tufayli halok bo‘lganlar soni yana 2 nafarga ortgan. Bu haqda mamlakat transport vaziri Xon Kuonga Danxera Gatluakaga asoslanib, RIA Novosti xabar qildi.

Bundan oldingi xabarlarda An-12 samolyoti qulashi natijasida samolyotda bo‘lgan 19 kishidan 3 nafari omon qolgani va ulardan biri chaqaloq ekani xabar qilingandi.

"Halokat bugun ertalab sodir bo‘ldi. Avvaliga samolyotda bo‘lganlarning 3 nafari tirik qolgandi, lekin hozirda faqat bir chaqaloq tirik", deydi vazir.

Ushbu hodisa jami 39 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Samolyotdagilardan 18 nafari va samolyot qulagan qishloqda yashagan 21 kishi hodisa qurboni bo‘lgan.

Rossiyaga tegishli ushbu samolyot uchuvchilaridan biri rossiyalik, yana biri Armaniston fuqarosi bo‘lgan.

Biroz avvalroq, Janubiy Sudanda halokatga uchragan samolyot 44 yil oldin Toshkentda tayyorlangani ma'lum bo‘lgandi.

Top