10:33 / 04.11.2015
3251

Klinton xonim AQShda eng kam ish haqini oshirishga chaqirdi

AQSh prezidentligiga asosiy nomzodlardan biri Hillari Klinton minimal maoshni federal darajada 12 dollar/soat deb belgilashni taklif qildi. Ayni paytda bu ko‘rsatkich, Reuters’ning ma'lumotiga ko‘ra, 7.5 dollarga teng.

“Men minimal maoshni federal darajada soatiga 12 dollar deb belgilashni istar edim. Boshqa jamoalarni ham uni yanada oshirishga chaqirib qolaman”, - dedi u Ayova shtatida o‘tgan tadbirda.

O‘z navbatida, Klinton xonimning raqobatchisi Berni Sanders bu ko‘rsatkichni 15 dollar/soatga ko‘tarishni taklif qilmoqda.

Top