20:20 / 04.11.2015
4838

KUN.UZ dayjesti: 4 noyabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 4 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Putin Rossiyani qo‘rqitishni befoyda ish deb atadi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani hech kim qo‘rqita olmasligini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

OAV: Kiyevda A321 samolyoti qurbonlarini haqorat qilgan blogerni o‘ldirib ketishdi>>

Misrda halokatga uchragan Rossiyaning A321 layneri qurbonlarini haqorat qilgan bloger Maksim Volox Kiyevdagi o‘z kvartirasida o‘ldirib ketildi, deb yozmoqda “UralPolit.Ru” nashri.

Xitoy va Tayvan yetakchilari 1949 yildan beri ilk marta uchrashadilar>>

Xitoy raisi Si Tszinpin va Tayvan prezidenti Ma Intszyu Singapurda uchrashadilar, deb ma'lum qilmoqda The Guardian nashri. Bu ikki davlat yetakchilarining fuqarolik urushi yakunlangan 1949 yildan beri birinchi uchrashuvi bo‘ladi.

Pekin Vashingtonni Xitoy suverenitetiga tahdid solishni to‘xtatishga chaqirdi>>

AQSh Xitoy suverenitetiga soya soluvchi “xavfli qadamlar” tashlamasligi lozim. Bu haqda XXR mudofaa vaziri o‘rinbosari Chan Vantsyuan Kuala-Lumpurdagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiya chog‘ida aytib o‘tdi.

Meksikalik muhojirlar sentabrda AQShdan 2 mlrd dollarlik o‘tkazmalar amalga oshirishdi>>

AQShda ishlayotgan meksikalik mehnat muhojirlari joriy yilning sentabr oyi mobaynida o‘z yurtlariga 2.06 mlrd dollar yuborishdi. Bu o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 4.82 foizga ko‘proqdir.

Nazarboyev britaniyalik tijoratchilarga: keling birgalikda pul topamiz!>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Buyuk Britaniyaga tashrifi ikkala davlat matbuotida keng yoritildi. Chop etilgan fotoreportajlarda uning Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronning Dauning strit-10dagi uyida qabul qilinishi batafsil aks ettirildi.

IShIDning Misrdagi bo‘limi Sinaydagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi>>

IShIDning Misrdagi bo‘limi bugun Shimoliy Sinay viloyatidagi El-Arish shahrida amalga oshirilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

2020 yildan Rossiya mudofaa vazirligi mobil atom energiya stansiyalari bilan ta'minlanadi>>

2020 yildan Rossiya mudofaa vazirligi mobil atom energiya stansiyalari bilan ta'minlanadi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

Janubiy Sudanda Rossiyaga tegishli samolyot qulashi natijasida 40dan ortiq kishi halok bo‘ldi>>

Janubiy Sudan markazi Jubadagi aeroportdan havoga ko‘tarilgan yuk samolyoti aeroportdan 800 metr masofada qulab tushdi. Bu xabar Janubiy Sudan hukumati, prezident Ateni Vek Ateni tomonidan tasdiqlangan.

Rossiyaning “Vitse-admiral Kulakov” harbiy kemasi O‘rta Yer dengiziga kirdi>>

Rossiya Shimoliy flotining “Vitse-admiral Kulakov” harbiy kemasi O‘rta Yer dengiziga kirdi. Bu haqda flot matbuot kotibi kapitan Vadim Serga xabar berdi.

Qirg‘iziston hukumatining birlamchi tarkibi oshkor qilindi>>

Qirg‘iziston parlamentining koalitsion fraksiyalari hukumatning birlamchi tarkibini oshkor qildi, deb xabar beradi 24.kg agentligi.

Qirg‘izistonda bojxona chegaralarining ochilishi kontrabandaning 5 barobarga ko‘payishiga olib keldi>>

Bojxona chegaralarining ochilishi Qirg‘izistonda kontrabanda hajmining 5-6 barobarga oshishiga olib keldi. Bu haqda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.

Rossiya Afg‘onistonda IShID ta'sirining o‘sayotganidan tashvishda>>

Rossiya IShID guruhi jangarilarining Afg‘onistonning Tojikiston va Turkmaniston bilan chegaralarida to‘planishidan xavotirda. Bu haqda 4 noyabr kuni ASeAN davlatlari mudofaa vazirlari kengashida Rossiya harbiy idorasi rahbari o‘rinbosari Anatoliy Antonov bayonot berdi.

Rossiya mudofaa vazirligi Suriyadagi operatsiya qachongacha davom etishini ma'lum qildi>>

Rossiya havo kosmik kuchlarining Suriyadagi harbiy operatsiyasi Bashar Asad armiyasining terrorchilarga hujumi yakunlanguniga qadar davom etadi. Bu haqda 4 noyabr kuni ASeAN davlatlari mudofaa vazirlari kengashida Rossiya harbiy idorasi rahbari o‘rinbosari Anatoliy Antonov bayonot berdi.

London shahri yaqinida ulkan yong‘in ro‘y berdi>>

Buyuk Britaniya poytaxti London shahridan uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan Braknel shahrida jiddiy yong‘in ro‘y berdi. Bu haqda Get reading nashri xabar qilgan.

Ruminiya bosh vaziri iste'foga chiqadi>>

Ruminiya bosh vaziri Viktor Ponta iste'foga chiqadi, deya xabar bermoqda Reuters.
Bu haqdagi qaror klubda ro‘y bergan yong‘indan so‘ng bo‘lib o‘tgan ommaviy norozilik aksiyalaridan keyin qabul qilingan.

Janubiy Sudanda halokatga uchragan samolyot 44 yil oldin Toshkentda tayyorlangani ma'lum bo‘ldi>>

Bugun, 4 noyabr kuni Janubiy Sudan poytaxti Juba aeroportidan parvoz qilib, 800 metr masofada halokatga uchragan An-12 samolyoti haqida batafsil ma'lumotlar paydo bo‘ldi.

Noyabr oyi oxirida Qirg‘iziston aholisi soni 6 mlnga yetadi>>

Shu yilning noyabr oyi oxirigacha Qirg‘izistonda aholi soni 6 million nafarga yetishi kutilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi demografiya bo‘limi rahbari Rima Chiniboyevaga asoslangan holda KirTag nashri xabar bergan.

Berdimuhamedov Kerri bilan uchrashdi>>

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 3 noyabr kuni Ashxobodda AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashuv o‘tkazdi. Kerrining rasmiy safari AQSh diplomatiyasi rahbariyatining ushbu mamlakatga 1992 yildan buyon birinchi tashrifi bo‘ldi.

Jahon banki Markaziy Osiyoda iqlim barqarorligiga 38 mln dollar yo‘naltiradi>>

Jahon banki ijrochi direktorlari kengashi 3 noyabr kuni Xalqaro taraqqiyot uyushmasiga Orol dengizi havzasida iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish dasturining birinchi bosqichiga 38 mln dollar mablag‘ ajratishga rozi bo‘ldi.

OAV: Apple iPhone 5s’ning yaxshilangan versiyasini taqdim etadi>>

Apple kompaniyasi iPhone 5s’ning 4 dyuymli ekranga ega yaxshilangan versiyasini taqdim etmoqchi, deb yozmoqda The Verge KGI Securities kompaniyasi xodimi Min-Chi Kuoga asoslanib.

Benzema Valbuenaga tahdid qilishda ayblanib, hibs qilindi>>

Politsiya Fransiya terma jamoasi va "Real" hujumchisi Karim Benzemani hibsga oldi. Bu haqda France Presse nashri xabar tarqatgan.

«Real» YeChLda mag‘lubiyatsiz o‘yinlar o‘tkazish bo‘yicha «Barselona»ning rekordini yangiladi>>

"Real" jamoasi 3 noyabr kuni YeChL o‘yinida "PSJ"ni mag‘lubiyatga uchratdi (1:0).

Top