20:43 / 04.11.2015
5145

KUN.UZ dayjesti: 4 noyabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 4 noyabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Melburn hayvonot bog‘iga kirgan yovvoyi tulki 14 pingvinni bo‘g‘ib o‘ldirdi>>

3 noyabrga o‘tra kechasi Avstraliyaning Melburn shahridagi hayvonot bog‘iga kirgan yovvoyi tulki 14ta kichik pingvinni bo‘g‘ib o‘ldirdi. Bu haqda muassasa rahbariyati ma'lum qildi.

Dronlar 50 km/soat tezlikda to‘siqlarni chetlab o‘tishni o‘rgandi>>

Massachusets texnologik universiteti axborot texnologiyalari va sun'iy intellekt laboratoriyasi tadqiqotchilari dronlarga 50 km/soat tezlikda to‘siqlarni chetlab o‘tish imkonini beruvchi tizimni yaratishdi. Bu haqda laboratoriya saytida xabar qilindi.

Walmart savdo tarmog‘ining sobiq rahbari o‘zi boshqargan samolyotni parashyut yordamida yo‘lga qo‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi>>

AQShning Arkanzas shtatida samolyot uchuvchisi parashyutdan foydalangan holda o‘zi boshqarayotgan samolyotni avtomobil yo‘liga shoshilinch tarzda qo‘ndirishga majbur bo‘lgan.

Toshkentda yengil avtomashina o‘raga tushib ketdi>>

Bugun, 4 noyabr kuni, Toshkentda mudofaa vazirligi harbiy gospitali yaqinida yengil avtomashina o‘raga tushib ketdi.

Emirates samolyotlariga yirtqich jonivorlar tasvirlari tushirildi>>

Dubayning Emirates Airline kompaniyasiga tegishli ikki yirik Airbus A380 samolyotlarining tashqi yuzasiga United World Wildlife xayriya aksiyasi doirasida yirtqich jonivorlar tasvirlari tushirildi. Bu haqda Emirates 24/7 portali xabar berdi.

Avstraliyalik avtosayohatchilar Toshkentga tashrif buyurishdi>>

Avstraliyalik avtosayohatchilar Toshkentga yetib kelishdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar qilindi.

Amerikalik oshiq yigit sevgilisiga o‘z tishi o‘rnatilgan nikoh uzugi sovg‘a qildi>>

AQShning Kaliforniya shtatida istiqomat qiluvchi Lukas Unger o‘zining sevgilisi Karli Leyfkesning qo‘lini so‘rashning ajoyib yo‘lini o‘ylab topdi. Oshiq qizga tosh o‘rniga o‘zining tishi o‘rnatilgan nikoh uzugi sovg‘a qildi.

Qozog‘istonlik 8 yoshli bokschi qiz 1 daqiqada 100ta zarba berishga ulgurmoqda>>

Qozog‘istonning Pavlodar shahrida yashovchi Evnika Sadvakasova o‘zining sportdagi iqtidori bilan internet foydalanuvchilarining e'tiborini jalb qilishda davom etmoqda, deb yozadi «Ekspress K».

AQShda sovuq bilan davolanadigan salonda bir qiz sovuq qotishdan olamdan o‘tdi>>

AQShda sovuqlik muolajalariga mo‘ljallangan salonlardan birining xodimasi kabinalardan birida olamdan o‘tdi.

Musulmon regbichi o‘z medalini muxlisiga sovg‘a qildi>>

Xabaringiz bo‘lsa, regbi bo‘yicha Yangi Zelandiya terma jamoasi jahon chempioni bo‘ldi. Ana shu kuni, ya'ni Avstraliya va Yangi Zelandiya o‘rtasidagi final o‘yiniga atalgan marosimning tugashi bilan 14 yoshli Charli Layns (Charlie Lines) maydonga tushib keladi. Maqsad yangi Zelandiya terma jamoasi yulduzi, o‘z mamlakatining qahramoni, All Black jamoasi o‘yinchisi, mashhur musulmon sportchi Sonni Bill Uilyams (Sonny Bill Williams)ni g‘alaba bilan qutlash bo‘lgan.

Misrda halokatga uchragan A321 avialaynerining komandiri aslan o‘zbekistonlik bo‘lib chiqdi>>

“Rossiyskaya gazeta” nashrining xabar qilishicha, Misrda halokatga uchragan A321 avialaynerining komandiri Valeriy Nemov 1967 yilda Toshkentda tug‘ilgan.

«Kitob olami» do‘koni haqida 10 ma'lumot (fotoreportaj)>>

Xabaringiz bo‘lsa kerak, yaqindagina poytaxtimizda kitobsevarlar uchun yangi maskan ishga tushirilgan edi. Kun.uz sayti taxririyati mutolaa ishqibozlarini mazkur majmua faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida fotoreportaj uyushtirdi.

Uolt Disneyning shu vaqtgacha yo‘qolgan deb hisoblab kelingan ilk multfilmi topildi>>

Shu kungacha yo‘qolib ketgan deb hisoblanadigan, Uolt Disney tomonidan bundan 87 yil muqaddam suratga olingan multfilm Britaniya kino instituti arxividan topildi.

Jasur Umirov o‘z klipida Anvar Sanayevni dog‘da qoldirib ketdi>>

Xonanda Jasur Umirovning “Kabutarim” nomli yangi qo‘shig‘iga ishlangan videoklipdan uning sexdoshi Anvar Sanayevning muxlislariga yoqmaydigan sahna o‘rin oldi: Sanayev klip suratga olayotgan chog‘da to‘satdan Umirovni ko‘rib qolgan klipmeyker uning ortidan yugurib ketib qoladi, Anvar Sanayev esa hayron bo‘lib qolaveradi.

Gmail dasturi sun'iy intellekt yordamida mustaqil ravishda maktublarga javob bera boshladi>>

Gmail mobil dasturi mobil qurilmadan maktubga yo‘l-yo‘lakay tez javob berishning uchta qisqa variantini taklif qiluvchi Smart Reply funksiyasini oladi, deb xabar berilmoqda Google’ning rasmiy tadqiqotlar blogida.

HAIER: Kir yuvishga oid streotiplarni sindirib>>

Uy-ro‘zg‘or uchun texnika  do‘konining tajribaga ega bo‘lmagan xaridori uchun kir yuvish mashinalari kiyim-kechaklar joylashtiriladigan old qismi jihatidan bir-biriga o‘xshaydi: ularning barchasida oynali lyuk bo‘lib, u orqali barabanga yuvilishi kerak bo‘lgan  kiyimlar joylashtiriladi, ichki devorida qo‘yilmalari mavjud kir yuvish vaqtida kiyimlarni aylantiradigan perforlashtirilgan baraban,  ushbu motorni aylantiradigan privod kamarli motor, kir yuvish kukuni solinadigan harakatlanuvchi dozator mavjud. 

Bentley dasturi avtomobil tanlashda yordam beradi>>

Bentley avtomobil brendi tomonidan ishlab chiqilgan The Inspirator dasturi inson hissiyotlarini baholab, unga monand avtomobil tanlashga yordam beradi.

Google 2017 yilda mahsulotlarni dronlar orqali yetkazish xizmatini ishga tushiradi>>

Google kompaniyasiga egalik qiluvchi Alphabet Inc. internet-giganti 2017 yilda mahsulotlarni dronlar orqali yetkazish xizmatini ishga tushiradi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

"Lion" "Zenit"ning kiyim almashtirish xonasida 1 quti limon qoldirdi>>

Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasi YeChLning 4-turidagi "Lion"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazish uchun Fransiyaga kelishganida g‘alati voqeaga duch kelishdi.

Top