10:42 / 04.11.2015
4665

"Lion" "Zenit"ning kiyim almashtirish xonasida 1 quti limon qoldirdi

Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasi YeChLning 4-turidagi "Lion"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazish uchun Fransiyaga kelishganida g‘alati voqeaga duch kelishdi.

Mezbon jamoa tomonidan "Zenit" uchun ajratilgan kiyim almashtirish xonasiga 1 quti limon va ichimlik suvlari qoldirib ketilgan.

"Frantsuzlar mehmondo‘stlikni o‘rniga qo‘yishibdi va kiyim almashtirish bo‘lmasiga 1 quti limon qo‘yib ketishibdi. Sababi nima ekan? Variantlar bormi?", deya xabar qoldiriladi jamoaning rasmiy tvitteri orqali.

Jamoaning muxlislari bu hodisaga turlicha munosabatlar bildirishgan.

Kimdir "Balki "Lion"ga qarshi emas, "Limon"ga qarshi o‘ynarsiz?" deya hazilomuz fikr yozgan, kimdir esa limon sharbati qon bosimini tushirishiga e'tibor qaratgan.

"Balki ular, "Zenit" g‘alaba mazasidan ko‘proq rohatlanmasligi uchun shunday qilishgandir", deya optimistik fikr beradi yana bir muxlis.

Top