18:24 / 04.11.2015
2542

Maldivda milliy tinchlikka tahdid tufayli favqulodda holat joriy qilindi

Maldiv hukumati mamlakat tinchligiga rahna solayotgan kuchlar tufayli favqulodda holat joriy qildi.

Reyter nashrining yozishicha, bunga mamlakat prezidenti Abdulla Yamin Saudiya Arabistonidan haj marosimini ado etib qaytayotganida uning hayotiga suiqasd uyushtirilgani sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, favqulodda holat 30 kun davomida amalda bo‘ladi.

Maldiv IIV favqulodda vaziyat haqidagi xabarni tasdiqlagan.

Top