19:33 / 04.11.2015
4864

Manba: Janubiy Sudandagi samolyot halokati qurbonlari soni 39 kishiga yetdi

Rossiyadagi harbiy manbaning ma'lum qilishicha, Janubiy Sudan hududida An-12 samolyoti qulab tushishi tufayli halok bo‘lganlar soni 39 nafarni tashkil etadi. "RIA Novosti" nashrida yozilishicha, qurbonlardan 6 nafari ekipaj a'zolari.

"Halokat qurbonlari soni 39 nafar, ulardan biri Rossiya Federatsiyasi fuqarosi, yana 5 nafari armanistonlik", deydi manba.

Uning qayd etishicha, samolyotda 17 kishi bo‘lgan, ulardan 3 nafari tirik qolgan.

Shuningdek, samolyot qulagan qishloqda yashovchilardan 21 nafari halok bo‘lgan.

Dastlabki xabarlarda halokat qurbonlari soni 40 nafardan ortiq ekani aytilgandi.

Biroz avvalroq, Janubiy Sudanda halokatga uchragan samolyot 44 yil oldin Toshkentda tayyorlangani ma'lum bo‘lgandi.

Top