10:45 / 04.11.2015
4061

Musulmon regbichi o‘z medalini muxlisiga sovg‘a qildi

Xabaringiz bo‘lsa, regbi bo‘yicha Yangi Zelandiya terma jamoasi jahon chempioni bo‘ldi, deb yozadi Muxlis.uz portali. Ana shu kuni, ya'ni Avstraliya va Yangi Zelandiya o‘rtasidagi final o‘yiniga atalgan marosimning tugashi bilan 14 yoshli Charli Layns (Charlie Lines) maydonga tushib keladi. Maqsad yangi Zelandiya terma jamoasi yulduzi, o‘z mamlakatining qahramoni, All Black jamoasi o‘yinchisi, mashhur musulmon sportchi Sonni Bill Uilyams (Sonny Bill Williams)ni g‘alaba bilan qutlash bo‘lgan.


Bolakay o‘z kumirini quchoqlamoqchi bo‘ldi. Biroq uni tartib posbonlaridan biri itarib, yiqitib yubordi. Bu vaziyatni kuzatib turgan sportchi jarayonga aralashib, bolani yerdan turg‘azdi va hatto o‘z medalini bolakayning bo‘yniga osib ham qo‘ydi. Bolakay uchun bu kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.
«Bo‘yniga osilgan haqida u uzoq yillar gapirib yuradi. Kelajakda balki u ham All Black jamoasida o‘ynar»,- dedi Sonni Bill Uilyams.

Top