00:01 / 04.11.2015
12412

OAV: Kiyevda A321 samolyoti qurbonlarini haqorat qilgan blogerni o‘ldirib ketishdi

Misrda halokatga uchragan Rossiyaning A321 layneri qurbonlarini haqorat qilgan bloger Maksim Volox Kiyevdagi o‘z kvartirasida o‘ldirib ketildi, deb yozmoqda “UralPolit.Ru” nashri.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, noma'lum kishilar blogerni pichoq yordamida jarohatlashgan. Shundan so‘ng u voqea joyida halok bo‘lgan. Ushbu ma'lumot rasmiy ravishda tasdiqlanmagan.

Avvalroq Rossiyaning Vladimirsk viloyatida davlat dumasi qoshidagi yoshlar parlamenti a'zosi Ilya Zotov samolyot qurbonlarini ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgani uchun 3000 rubldan 5000 rublgacha jarimaga tortilgani ma'lum qilingan edi.

Top