16:24 / 04.11.2015
3208

"Paxtakor" Oliy liganing so‘nggi turi arafasida "Nasaf"ni yengib, chempionlikka yaqinlashdi

Bugun, 4 noyabr kuni Qashqadaryoda O‘zbekiston Oliy ligasining 29-turi doirasida “Nasaf” va “Paxtakor” o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda 0:1 hisobi qayd etilib, mehmonlar navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘lishdi.

Bu o‘yindagi g‘alaba toshkentliklarning navbatdagi chempionlik uchun imkoniyatlarini yanada oshirar edi. Shu tufayli o‘yinda kichik ustunlik “Paxtakor” tomonda bo‘ldi.

Qarshidagi o‘yinning dastlabki bo‘limida hisob ochilmadi. 78-daqiqada burchak zarbasi o‘yinga kiritilgach, Hoshimov to‘pni jarima maydoniga oshirdi. Kamoliddin Tojiyev esa yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi - 0:1. Uchrashuv oxiriga qadar tablodagi 0:1 hisobi saqlanib qoldi.

Shu kuni "Paxtakor"ning asosiy raqibi "Lokomotiv" "Mash'al"ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va ochkolari sonini 71taga yetkazdi.

Endilikda, turnir jadvalida birinchi o‘rinda 72 ochko bilan "Paxtakor" birinchi o‘rinda turibdi. "Lokomotiv"da esa 71 ochko bor. "Nasaf" uchinchi o‘rin masalasini hal qilib bo‘lgan.

O‘zbekiston Oliy ligasi, 29-tur

"Nasaf" — "Paxtakor" 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 78 Tojiyev
"Nasaf": Yusupov, Muhammadiyev, A'zamov, Karimov, Sayfiyev, Boydullayev, Abdurahimov, Gadoyev (G‘aniyev, 64), Gevorkyan (Allaniyazov, 77), Hamrobekov, Shomurodov.
"Paxtakor": Lobanov, Tojiyev, Krimets, Hoshimov, Andreyev, Sohibov, Maxaradze, Iskanderov (Merzlyakov, 58, Karimov (Kozak, 72), Masharipov, Sergeyev.

Top