21:45 / 04.11.2015
2068

Pokistonda zavod binosi qulashi tufayli 10 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning Lahor shahri hududidagi zavod binosi qulashi tufayli kamida 10 kishi halok bo‘lgan.

Reyter nashri xabariga ko‘ra, yana o‘nlab kishilar xarobalar ostida qolmoqda. Qutqaruv xizmatlari xodimlari qidiruv ishlarini olib bormoqda. Shu vaqtgacha 5 kishi vayronalar ostidan chiqarib olingan.

Hodisa sabablari hozircha aniqlanmagan.

Ma'lum qilinishicha, ushbu zavodda sumkalar ishlab chiqarilgan.

Top