12:02 / 04.11.2015
2867

Pskentda o‘g‘rilik haqida yolg‘on guvohlik bergan fuqaro qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Pskent tumanida o‘g‘rilik haqida yolg‘on guvohlik bergan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, u qarindoshidan olgan 500 ming so‘m pulni yashirish maqsadida uni go‘yo kimdir o‘g‘irlab ketgan qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Shu bois tuman militsiyasiga uyiga niqobli o‘g‘rilar bostirib kirgani haqida yolg‘on axborot bergan.
Ammo tekshiruv chog‘ida yolg‘on tezda fosh etilib, javobgar qo‘lga olingan. Hozir voqea tafsilotlari oydinlashtirilmoqda.

Top