22:40 / 04.11.2015
12044

Putin Leyla Aliyeva va bir qator xorijiy fuqarolarga davlat mukofotlari berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir qator xorijiy fuqarolarga davlat mukofotlari berdi. Xalqlar o‘rtasida tinchlik, do‘stlik, hamkorlik va hamfikrlikni mustahkamlashdagi alohida ko‘rsatgan xizmatlari uchun turli davlatlardan 9 kishi Rossiyada 4 noyabrda davlat bayrami sifatida nishonlanadigan Xalq birdamligi kuni munosabati bilan an'anaviy ravishda o‘tkaziladigan bu taqdirlash marosimi qahramonlariga aylandilar.

Putinning qo‘lidan Do‘stlik ordenini Turkiya Buyuk milliy yig‘inining Rossiya bilan do‘stlik guruhi parlament rahbari Solih Kapuso‘z (Turkiya), Pekin pedagogika universitetidagi slavyanshunoslik markazi direktori Venfey Lyu (Xitoy), davlatlararo radiokompaniya "La Radio del Sur" boshlovchisi Alfredo Alfonso Torrealba (Venesuela) oldi.

Putin Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning qizi, Geydar Aliyev jamg‘armasi vitse-prezidenti, Jamg‘armaning Rossiyadagi vakolatxonasi rahbari Leyla Aliyevani, Xeluan universiteti professori Usama as-Seruiyni (Misr) va yana bir qator xorijliklarni Pushkin medali bilan taqdirladi.

Bayram munosabati bilan Rossiya prezidenti nomidan Kremlda tantanali qabul marosimi bo‘lib o‘tdi.

Top