14:02 / 04.11.2015
3555

Qirg‘iziston hukumatining birlamchi tarkibi oshkor qilindi

Qirg‘iziston parlamentining koalitsion fraksiyalari hukumatning birlamchi tarkibini oshkor qildi, deb xabar beradi 24.kg agentligi.

Temir Sariyev bosh vazir lavozimida qoladi. Uning birinchi o‘rinbosari Ali Qarashev, iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Oleg Pankratov, ijtimoy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari esa Gulmir Qudayberdiyeva bo‘ladi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga Orzibek Qo‘joshev boshchilik qiladi.

Ro‘yxatdan yana quyidagilar o‘rin oldi:
IIV – Melis Turg‘anbayev;
Adliya vazirligi – Jildiz Mambetaliyeva;
Moliya vazirligi – Odilbek Qosimaliyev;
FVV – Qubatbek Bo‘ronov;
Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya vazirligi - Turdunazir Bekboyev;
Ijtimoiy taraqqiyot vazirligi – Qudaybergan Bozorboyev;
Ta'lim va fan vazirligi - Elvira Sariyeva;
Madaniyat, axborot va turizm vazirligi – Oltinbek Maqsutov;
Sog‘liqni saqlash vazirligi – Talantbek Botiraliyev;
Transport va kommunikatsiyalar vazirligi – Arg‘inbek Malaboyev;
TIV - Erlan Abdildayev;
Milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat qo‘mitasi – Busurmonqul Tabaldiyev.
Mudofaa ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasiga kim rahbarlik qilishi noma'lumligicha qolmoqda. Bu prezident kvotasi ekanligi ta'kidlanmoqda, shu bois yakuniy qarorni Almazbek Atambayev beradi.

Top