23:26 / 04.11.2015
3432

Samarqandda o‘qishga kiritish bahonasida abituriyentdan 1.5 ming dollar olgan firibgar ayol qo‘lga olindi

Samarqandda o‘qishga kiritish bahonasida abituriyentdan 1.5 ming dollar olgan firibgar ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, Feruza Tosheva ismli ayol Samarqand davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetiga kirolmagan abituriyent Xurshid Jo‘rayev bilan tanishib qolib, unga 1.5 ming dollar evaziga “superkontrakt”ni “gaplashib berishi”ni aytgan. Unga ishonga abituriyent aytilgan pulni keltirib bergan.

Bundan keyin qallob ayol to‘xtamay, yana bir nechta abituriyentni xuddi shu yo‘l bilan aldagan. Sh. Ergashev ismli yigitdan shu yo‘l orqali 2.5 ming dollar pul qo‘lga kiritgan.
Oradan ko‘p vaqt o‘tib, tilga olingan abituriyentlar aldanganini tushunganlar va tegishli joyga murojaat qilganlar. Buning natijasida Feruza Tosheva qo‘lga olinib, sudga tortilgan.

Top