21:20 / 04.11.2015
2443

Stoltenberg: NATO o‘z ittifoqchilariga nisbatan hech qanday xavf ko‘rmayapti

NATO o‘z ittifoqchilariga nisbatan hech qanday xavf-xatar sezmayapti va u alyansdagi har qanday ittifoqchini himoya etishga tayyor. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qilgan.

"Biz NATO ittifoqchilariga nisbatan hech qanday xavfni ko‘rmayapmiz. Ammo biz ittifoqchilarimizga qaratilgan har qanday xavf-xatarga qarshi chiqishga tayyormiz", — dedi Stoltenberg Ispaniyada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. Uning ta'kidlashicha, NATO mustahkam himoya tizimini ta'minlashga qodir.

"Mustahkam mudofaa tizimi yordamida biz ittifoqchilarimizga yo‘naltirilgan har qanday xavf-xatarning oldini olishga va zarur yordamni ko‘rsatishga tayyormiz", — deb qo‘shimcha qildi NATO bosh kotibi.

Top